Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portali O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasining yangi xizmati respublika fuqarolariga soliq to`lovchining identifikasiya raqamini (STIR) olish imkonini yaratadi.
Xizmat O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasida soliq to`lovchilarning identifikasiya raqamlarini berish va qo`llash tizimi to`g`risida” va boshqa normativ-huquqiy aktlarga muvofiq joriy etilgan.
Xizmat jismoniy shaxslarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga olish va ularga STIR berishda vaqtingizni tejaydi.





