Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Roma” bilan bo`ladigan o`yin oldidan uyushtirilgan matbuot anjumanini shoshilinch tarzda tark etdi, deb yozadi “Lenta.ru”.
Krishtianuning bunday qilishiga jurnalistning mamlakat hududidan tashqaridagi o`yinlarda muttasil golsiz ishtiroki haqidagi savoli sabab bo`lgan.
“Men Ispaniyada o`ynagan vaqtimda mehmondagi o`yinlarda kim eng ko`p gol urgan, aytingchi? Hech bo`lmasa bitta futbolchining ismini ayting. Javob yo`qmi? Bo`ldi,rahmat va xayr!” — deya javob berdi Ronaldu va zalni tark etdi.
Quyida ushbu videoni tomosha qilishingiz mumkin.





