O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash jamoat fondi NNTlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalariga Davlat grantlari ajratish uchun hujjatlar qabul qilinishi boshlanganligini e`lon qiladi.
Birinchi tanlov «Sog`lom ona va bola yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosiga NNTlarni keng jalb qilish» mavzuida o`tkaziladi.
Unda quyidagi yo`nalishlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar qabul qilinadi:
- Oila va jamiyatda ayollarning roli va mavqeini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, bandligini ta`minlash, iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalarida ayollar faoliyatini munosib rag`batlantirish, ayollarning o`z imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish hamda kundalik uy mehnatini engillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.
- Qiz bolalarning–bo`lajak onalarning zamonaviy bilimlar va kasblarni egallashlarini ta`minlashga qaratilgan ishlarni kuchaytirish, ularda hayotda o`zining munosib o`rnini egallash, kelajakda sog`lom va mustahkam oila qurishning asosiy sharti sifatida qat`iy hayotiy pozisiyani va mustaqil fikrlashni shakllantirish.
- Mustahkam oila qurish va sog`lom farzand tug`ilishi uchun nikoh tuzishdan oldin tibbiy ko`rikdan o`tishning muhimligini, shuningdek erta va qarindoshlar o`rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari to`g`risidagi axborotni aholining keng qatlamlari ongiga etkazish.
- Aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sanitariya va gigiena, homilador ayollarning sog`lig`ini saqlash va psixofiziologik ahvolini yaxshilash, yosh onalar va bolalarni tegishli tarzda parvarish qilish, ularning ovqatlanish rasionining sifati va kaloriyaliligini ta`minlash masalalari yuzasidan keng axborot-tushuntirish ishlarini o`tkazish.
- Oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar manfaatlarini himoya qilish, sog`lom bolani tarbiyalashda ularning rolini oshirish, kuchli, barqaror va ravnaq topayotgan davlatning negizi sifatida oila institutini mustahkamlash masalalariga bag`ishlangan amaliy tadbirlarni amalga oshirish.
- Mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik va farovonlikni yanada mustahkamlashning muhim sharti sifatida oilalarda sog`lom ma`naviy muhitni, xususan, er-xotin, ota-onalar va farzandlar, qaynona va kelin o`rtasida, qo`shnilar o`rtasida o`zaro hurmat-ehtirom, ezgulik va mehr-muhabbat muhitini yaratishga ko`maklashish.
- Jismonan sog`lom, ma`nan etuk va barkamol avlodni tarbiyalash, azaliy milliy qadriyatlarni saqlash va mustahkamlash, jamiyatda yuksak ahloq muhitini qaror toptirishda oilaning rolini kuchaytirish.
- Oila, onalik va bolalik muhofazasi sohasidagi qonun hujjatlarigarioya qilish, shuningdek «Sog`lom ona va bola yili» Davlat dasturining bajarilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.
Ikkinchi tanlov
«OAVlarning ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar amalga oshirilishining borishini yoritishga, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta`minlashga qaratilgan loyihalarini qo`llab-quvvatlash» mavzuida o`tkazilib, unga quyidagi yo`nalishlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar qabul qilinadi:
- «Sog`lom ona va bola yili» Davlat dasturining amalga oshirilishining borishi haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish, oilani, onalik va bolalikni muhofaza etish, ayollar manfaatlarini himoya qilish, ularning sog`lom farzandni tarbiyalashdagi rolini oshirish bo`yicha O`zbekistonda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyatini ochib beradigan aniq misollarga asoslangan maxsus teleko`rsatuvlar va radio eshittirishlar, maqolalar, reportajlar tayyorlash.
- Ijtimoiy ahamiyatga molik davlat dasturlarini, jumladan, «Sog`lom ona va bola yili» Davlat dasturini, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda NNTlar, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirokini yoritish.
- 2011, 2014 yillarda O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga kiritilgan, davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirishga qaratilgan tuzatishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish.
- Davlat organlari tomonidan qabul qilinayotgan, avvalo, fuqarolarning huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlariga daxldor qarorlardan aholining, fuqarolik jamiyati institutlarining xabardorligini va keng foydalanishini ta`minlash.
- «Sog`lom ona va bola yili» Davlat dasturining o`z vaqtida va sifatli ijro etilishi, oila, onalik va bolalik muhofazasi sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.
- Fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy, sosial-iqtisodiy faolligini oshirish, jamoat tashkilotlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini, ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, gumanitar muammolarni hal etish, mamlakat aholisi turli qatlamlarining huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish borasida joylardagi davlat organlari bilan o`zaro hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning amalga oshirilishi OAVda keng yoritilishini ta`minlash.
- Jamiyatda yuksak ma`naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlash, millatlararo va dinlararo totuvlikni ta`minlashda mahalla institutining roli va ahamiyati haqida aholini keng xabardor qilish, ijtimoiy masalalarni hal etishda namunali mahallalarning ish tajribasini ommalashtirish.
- Hududiy OAVlarda mamlakatni ijtimoiy-siyosiy hamda sosial-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy masalalari bo`yicha siyosiy partiyalarning nuqtai nazarini ochib beradigan, parlamentdagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining, xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining faoliyati haqida xabardor etadigan tahliliy materiallar tayyorlash.
- «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to`g`risida»gi hamda «Elektron hukumat to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonunlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati, joylarda ushbu qonunlar normalari amalga oshirilishining borishi, fuqarolarning axborot olishga bo`lgan konstitusiyaviy huquqini ta`minlash bo`yicha ko`rilayotgan chora-tadbirlar haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish.
Davlat granti ajratilishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:
- NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutining rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati.
- Davlat granti loyihasi uchun www.fundngo.uz saytida joylashtirilgan shaklda to`ldirilgan ariza.
- Oxirgi o`zgartish va qo`shimchalar bilan davlat ro`yxatidan o`tkazilgan Ustav (Nizom) nusxasi.
- Tashkilotning davlat ro`yxatidan o`tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi.
- Agar loyihani amalga oshirish lisenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa lisenziyaning nusxasi.
- Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiyanomalari, iltimosnomalari ilova qilinishi mumkin.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant summasi miqdori – 25 mln.so`mgacha.
Hujjatlar 2016 yil 10 fevraldan 10 martgacha qabul qilinadi.
Hujjatlar «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash jamoat fondi» nomiga «O`zbekiston pochtasi» orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo`yicha qabul qilinadi: 100035,Toshkent shahri, Bunyodkor ko`chasi, 1-uy.
Hujjatlarni taqdim etish shartlari va hujjatlar namunalari bilan Jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.
Ma`lumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-64





