Darslik kitoblar 26,1 million nusxada chop etiladi. Buning uchun Davlat byudjetidan 20,4 milliard so`m, Respublika maqsadli kitob jamg`armasidan 34,2 milliard so`m mablag` ajratish ko`zda tutilgan.
Bu haqda Uzbekistan Today muxbiriga Xalq ta`limi vazirligi xabar berdi. Bu adadga 1-4 sinflar uchun bepul darsliklar, qo`llanmalar, chet tili darsliklari kiritilgan.
Bundan tashqari maxsus, chuqurlashtirilgan bilimlar beruvchi maktablarning 5-9 sinf o`quvchilari uchun fizika va matematika fanlaridan 33 069 nusxada o`quv-metodik qo`llanmalar va darsliklar nashr etish, ta`lim va tarbiyaning sifatini oshirish uchun ularga multimedia ilovalar ham qo`shish rejaga kiritildi.





