Los-Anjelesda Amerika ovoz yozish akademiyasining “Grammy” mukofotini tantanali ravishda topshirish marosimi bo`lib o`tdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
Ellik sakkizinchi marotaba o`tkazilgan bu tadbir ikki bosqichda tashkil etildi, kunduzi 70 ta nominasiya bo`yicha g`olib bo`lganlarga mukofot topshirilgan bo`lsa, kechqurun “Staples Center” sahnasida boshqa mashhur toifalar g`oliblariga mukofotlar topshirildi.
“Grammy” — “Musiqali Oskar” mukofoti AQSh ovoz yozish kompaniyasi Assosiasiyasi tomonidan 1958 yilning 14 martida, iqtisodiy muvaffaqiyati va xit-paradlarda tutgan o`rnidan qat`i nazar, turli uslubdagi, yo`nalishdagi katta yutuqlarga erishgan musiqiy navolarni taqdirlash uchun ta`sis etilgan.





