Aktyor o`zining tashqi qiyofasi bilan barchani hayratga soldi.
Londonda o`tkazilgan BAFTA mukofotining taqdimot marosimiga tashrif buyurgan Tom Kruz tashqi qiyofasidagi o`zgarishlar — notabiiy silliq va sun`iy ifoda qotib qolgan yuzi bilan muxlislarini hayratga soldi, deya xabar berdi “Elle.ru” nashri.
Muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda “Tom Kruz navbatdagi missiyani bajarib, xalqaro botoks zahirasini o`g`irlagan ko`rinadi”, “U xuddi yuzini ari chaqib olgan odamga o`xshaydi” kabi izohlar qoldirishgan.
Ommaviy axborot vositalari vakillari ham, muxlislar ham Tom Kruz plastik jarrohga murojaat qilib, botoks in`eksiyalarini qabul qilgan, degan yagona xulosaga kelishdi.





