17 fevral kuni “Bunyodkor” stadionida O`zbekiston Superkubogi uchun o`yin bo`lib o`tadi, deb yozadi “Shampionat.asia”.
Qarshining “Nasaf” hamda Toshkentning “Paxtakor” jamoalari o`rtasidagi uchrashuvni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi,
Ravshan Ermatovga qanotlarda Abdulhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. To`rtinchi hakam Sherzod Qosimov. Nazoratchi urganchlik Bulat Galeev.
Eslatib o`tamiz, o`yin 17 fevral kuni soat 15:00da “Bunyodkor” stadionida boshlanadi.





