Xonanda Bahrom Nazarov yil boshida suratga olingan “Sochi bilan bo`yi teng qizni ko`rdim” deb nomlangan video ketma-ketlik bilan kifoyalanmasdan yana bir klipga qo`l urdi.
“Qaramading” deb nomlangan qo`shiq Nazarovning “Istiqlol” san`at saroyidagi konsert dasturida kuylangan bo`lib, tarona xonandaning ijodiy jamoasi hamda muxlislariga yoqqani sababli klip suratga olishga qaror qilindi.
Qo`shiq so`zi Nurullo Ostonga, musiqasi Nodir Umarovga, klip g`oyasi esa Farhod Badalovga tegishli. Klipni suratga olish Rauf Nabievga ishonib topshirildi.
Tez kunlarda ajoyib qo`shiq hamda klipga o`zingiz baho berishingiz mumkin.






