O`zgidrometmarkazining xabar berishicha, 17-20 fevral kunlari respublikamizning markaziy tumanlari va Toshkentda havo o`zgarib tursa ham, yog`ingarchilik kutilmaydi.
17 fevral kuni havo harorati kechasi – 3 daraja sovuq, kunduzi +5 +10 daraja issiq bo`ladi. 18-20 fevral kunlari kechasi 0+5 daraja, kunduzi esa +12, +17 daraja iliq bo`lishi kutilmoqda.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo ochiq bo`lib, +20 daraja, Farg`ona vodiysida esa havo +15 daraja issiq bo`ladi.
Tog`li hududlarda havo ochiq bo`ladi, 18-20 fevralda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi esa +5 daraja issiq bo`ladi.
Xullas ushbu haftada O`zbekistonda bahoriy ob-havo hukmronlik qilishi kutilmoqda.





