ATB «Hamkorbank»ning yuridik shaxslar bilan chet el valyutasida operasiyalarni amalga oshirish amaliyotlari O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan to`xtatib qo`yildi.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki «O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida»gi Qonuniga asosan valyutani tartibga solishga doir qonunchilik talablarini buzganligi sababli ATB «HAMKORBANK»ning yuridik shaxslar bilan chet el valyutasida operasiyalarni amalga oshirish amaliyotlarini 6 oy muddatga to`xtatilganligini ma`lum qiladi.





