Ma`lumki O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O`zbekiston banklari assosiasiyasi va Yagona umumrespublika prosessing markazi tomonidan Uzkart banklararo to`lov tizimi ishtirokchilari bo`lgan tijorat banklari bilan birgalikda onlayn rejimida ishlaydigan “Smart-Vista” EMV texnologik platformasi joriy etilgan.
Bu turdagi plastik kartochkalar orqali mijoz o`z kartochka hisobvaraqlarini real vaqt ichida boshqara oladi. O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma`lumotlariga ko`ra, bugungi kunda onlayn rejimida ishlaydigan plastik kartochkalar soni 8 milliondan oshgan. Bu mamlakatimizda barcha banklar tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalarning yarmi deganidir.
2013 yil sentyabr oyida Yagona umumrespublika prosessing markazi va Click kompaniyasi hamkorligida mobil-banking tizimi ishga tushirildi.
Hozirgi paytda ushbu tizim orqali uy va mobil telefon, internet xizmatlari uchun to`lovlardan tashqari 52 turdagi internet servis, 20 turdagi savdo va xizmat ko`rsatish korxonalari bilan hisob-kitobni amalga oshirish mumkin.
Bunday imkoniyatlar bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimlaridan (bank-mijoz, internet banking, mobil-banking, SMS-banking va boshqalardan) foydalanuvchilar sonining oshishiga xizmat qilmoqda. Mobil-banking hamda SMS-banking xizmatidan foydalanuvchilar soni o`tgan yildagiga nisbatan ikki barobar o`sdi. Slick xizmati mijozlari bir milliondan oshib ketdi.





