Har mavsumda yangi klip va tarona bilan muxlislarni xursand qilishga odatlangan Farhod va Shirin duetining jimligi odamlar orasida ularni tarqalganligi to`g`risidagi mish-mishlar bolalashiga olib keldi.
Kimdir guruhni tarqalgan desa, yana kimdir ularni shou-biznesdan butkul ketganligini taxmin qilmoqda. Masalaga oydinlik kiritish maqsadida guruh prodyusseri Bobur Bobomurod bilan bog`landik.
- Yo`q! Guruh tarqalmadi, aksincha faol ijod bilan band. Yaqinda shou-biznesda yangilik qildik. Ilk bor estrada ohangida Navoiy g`azaliga bastalangan “Istaram”ni ijro etdik. Bundan tashqari “Qaro ko`zlaring sani” nomli taronamizga ham klip suratga oldik. Ancha vaqt jimligimizni sababi ham shu. Avval qo`shiqlarni tayyorladik, endi ularga klip olib muxlislarga tortiq etamiz.





