AsosiyDunyo

Italiyaliklar 50 ming dollarlik oltin chang`i ishlab chiqardi

Italiyaning sport anjomlari ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi Foil Skis kompaniyasi tog` chang`isining Oro-Nero, Rossastro, Bianco va Moca modellarini ishlab chiqardi. Ularni yasashda kamyob yog`ochlar – eman, Afrika palisandri va qizil daraxtdan foydalanilgan. Komplektning narxi 50 ming dollar deb baholangan, deya xabar beradi “Lenta.ru” nashri. 

Chang`ining tasmasi alyumindan yasalgan bo`lib, ustiga platina va oltin qoplangan. Chang`iga egasining ismini o`yib yozish mumkin. Komplekt tarkibiga maxsus g`ilof ham kiritilgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar