Qirg`oq bo`yidagi taxminan 150 mingga yaqin bo`lgan Adeli pingvinlari ulkan aysberg tufayli halok bo`ldi, natijada qolgan pingvinlarning emish izlab 60 kilometr yo`l bosishiga to`g`ri keldi. Bu haqda “Lenta.ru” nashri xabar bermoqda.
Sharqiy Antarktidaning Hamdo`stlik ko`rfazi qirg`oqlaridagi pingvinlar makoniga ilk bora 2010 yilda 2900 kvadrat kilometrni tashkil etuvchi aysberg kelib urilib, pingvinlar koloniyasini dengizdan batamom uzib qo`ygandi. Ovqat ilinjida pingvinlarning yuzlab kilometr yo`l bosishi, ularning halokatiga sabab bo`ldi. Olimlarning aniqlashicha, pingvinlar soni 160 mingtaga kamaygan.





