2016 yilning 13 yanvar kuni tasdiqlangan rejaga muvofiq, o`tgan vaqt mobaynida o`tkazilgan 310 ta reyd natijasida 9200 avtomobil vositasi tekshirildi, deb yozadi “Uz24.uz” nashri.
Tekshirishlar natijasida 1850 ta qoidabuzarlik va kamchiliklar aniqlandi.
Mazkur reja poytaxtimiz ko`chalarida lisenziyaga ega bo`lmay turib yo`lovchi tashish bilan shug`ullanayotganlarning faoliyatiga qaratilgan. Davlat soliq inspeksiyalari tomonidan jami 163 ta qoidabuzarlik aniqlanib, ularni sodir etgan shaxslarga o`rnatilgan tartibda choralar ko`rildi. Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari olib borgan o`rganishlar oqibatida 18651 ta bayonnoma tuzildi.
Eslatib o`tamiz, 15 fevraldan poytaxt ko`chalarida lisenziyaga ega bo`lmay turib yo`lovchi tashish bilan shug`ullanayotganlar faoliyatiga chek qo`yish maqsadida 47 ta ishchi guruh faoliyati boshlangani haqida xabar bergan edik.





