Britaniyaning SAS maxsus xizmati snayperi Suriyaning shimolidagi “Islom davlati” terrorchilik guruhi yo`riqchi-jallodini 1200 metr uzoqlikdan otib o`ldirdi, deya xabar berdi lenta.ru nashri. Yo`riqchining manzili va ma`lumotlar haqidagi xabar M 16 razvedka xizmatidan olingan.
Razvedka xizmati bundan tashqari jangarilarning harbiy-mashq lageri qishloq maktabi yaqinida joylashgani haqida ma`lumot berdi. Havo orqali zarba berilsa, tinch aholi qurbon bo`lishi nazarda tutilib, jangovor operasiyani SAS maxsus xizmati snayperlari tomonidan o`tkazishga qaror qilindi. Yo`riqchi-jallod kursantlarga pichoq yoki bolta yordamida qurbonning boshini chopish yuzasidan dars o`tayotganda, snayper tomonidan otib o`ldirilgan. Jangovor operasiya tugagach, maxsus xizmat vakillari Iroqqa qaytdi.





