AsosiyDunyo

Rossiya AQShdan makkajo`xori va soya olib kelishni taqiqladi

Joriy yilning 15 fevralidan boshlab Rossiya fitosanitariya talablariga javob bermaganligi uchun AQShdan makkajo`xori va soya mahsulotlarini keltirish taqiqlandi, deya xabar berdi “Vesti” nashri.

“AQShdan keltirilayotgan bu mahsulotlar Rossiya aholisi uchun katta xavf tug`dirayotganligi sababli, “Rosselxoznadzor” 15 fevraldan boshlab, AQShdan  makkajo`xori va soya keltirishni vaqtinchalik cheklab qo`ydi”, – deya voqeaga oydinlik kiritdi “Rosselxoznadzor”ning rasmiy vakili Aleksey Alekseenko.

“Rosstat”ning bergan ma`lumotiga ko`ra, Rossiya 2015 yilda makkajo`xori va soya etishtirish bo`yicha rekord natijalarga erishib, 12,7 million tonna makkajo`xori va 2,8 million tonna soya mahsuloti etishtirgan. Kelajakda esa 30 million tonna makkajo`xori etishtirish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar