AsosiyDunyo

“Islom davlati” AQShga hujum uyushtirishni rejalashtirmoqda

“Islom davlati” terrorchilik guruhi AQShga hujum uyushtirishi mumkin. Bu haqda markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Brennanning so`zlariga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
 
Jon Brennan terrorchilarning hujumni uyushtirish imkoni deyarli mavjud emasligini ham aytib o`tdi.
 
"Men o`ylashimcha, ular o`z shaxsiy tarkibini, qurollarini, materiallarini va hujumni uyushtirish uchun zarur bo`lgan boshqa narsalarni olib kiradi”, –deydi Brennan. “Ularning rejalari haqida biz bilamiz, shuning uchun ularning muvaffaqiyat qozonishiga ishonmayman”
 
Brennaning fikriga ko`ra, terrorchilar bunday harakatlari sababi sifatida G`arb va musulmon davlatlari o`rtasidagi ziddiyatlarni ko`rsatishga urinmoqda.

“Terrorchilarning AQSh ularning mamlakatlarini nazorat ostiga olishi haqidagi gap-so`zlar haqiqatdan yiroq”, – deydi Brennan.

    Boshqa yangiliklar