AsosiyDunyo

BAAda to`rt kishi “Islom davlati” bilan hamkorlik qilgani uchun o`lim jazosiga hukm etildi

Birlashgan Arab Amirliklarida to`rt kishi “Islom davlati” terrorchilik guruhi bilan hamkorlik qilgani uchun o`lim jazosiga hukm qilindi.

Hukm sud tomonidan sirtdan o`qildi. Sudlanganlar BAA fuqarolari sanaladi, ular mamlakatdan Siriyaga ID jangarilariga qo`shilish uchun jo`nab ketgan, deya xabar beradi TASS.

Yana 6 kishi IDga moliyaviy ko`mak ko`rsatgani, ekstremistik targ`ibot olib borgani uchun 3 dan 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm etildi

Birlashgan Arab Amirliklari AQSh tomonidan boshqarilayotgan ID terrorchilari bilan kurashish koalisiyasi tarkibiga kiradi.

    Boshqa yangiliklar