“Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi Primeraning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Argentinalik futbolchi esa “Granada”ga qarshi o`yinda xet-trik qayd etib, “Atletik”, “Atletiko” hamda “Malaga” darvozasiga bittadan gol kiritgan.
Leo Messi faoliyatida ilk bor Primerada oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ushbu sovrin esa 2013 yili joriy etilgan.





