O`zbekiston Respublikasining vakolatli idoralari qaroriga muvofiq O`zbekiston Respublikasi fuqarosining nobiometrik pasporti amal qilish muddati tugamagan bo`lsa pasport egasi tomonidan faqat O`zbekiston Respublikasiga qaytish hujjati sifatida ishlatilishi mumkin, bu haqda O`zR TIV matbuot xizmati xabar beradi.
Ushbu pasport O`zbekistonga qaytayotganda uchinchi davlat hududidan tranzit o`tishga ham ishlatilishi mumkin.
Mazkur ma`lumot xorijiy davlatlarga etkazildi.
Ushbu tartib xorijiy mamlakatlarning tegishli idoralari tomonidan o`zlarining joylardagi bo`limlariga etkazilganidan so`ng 2018 yilning 1 iyuliga qadar amal qiladi.
O`zbekiston Respublikasi fuqarolari O`zbekiston Respublikasidan xorijga chiqishlari uchun biometrik pasport talab qilinadi.





