Bu haqda aktrisa Feruza Normatova o`zining "Instagram"dagi sahifasida yozib qoldirdi.
“Shuncha yil qidirib yursam, 0707 raqamida kutayotgan ekanku muxabbatim. Yana atiga 0.03 USD ketarkana... Eh, "Bilayn", "Bilayn". #kayfiyatnikotaramiz"
Aktrisaning sahifasidan olingan kelinlik libosidagi fotosurat “Mubina” go`zallik saloni uchun yaratilgan maxsus fotosessiyadan.
Mobil aloqa kompaniyalaridan keladigan ana shunday ular uchun jiddiy mijozlar uchun kulgili misollarni ko`plab keltirish mumkin.

Xabarni yozish chog`ida Ucell kompaniyasidan kelgan mana bunday SMS ham e`tiborimizni tortdi: "7575 ga qo`ng`iroq qilib, barchani hasadiga boying."
Xullas, shunaqa gaplar... Mobil aloqa kompaniyalarimiz ham mijoz yig`ish uchun nimalarni o`ylab topmayapti deysiz.





