Britaniya sog`liqni saqlash va ishlab chiqarish xavfsizligi inspeksiyasi “Yulduzlar jangi: Kuchlarning uyg`onishi” filmi yaratuvchisi Foodles Production kompaniyasini Xarrison Fordning 2014 yilda s`yomka jarayonlarida oyog`ini sindirib olgani uchun sudga berdi, deya xabar beradi "Lenta.ru".
2014 yilning 12 iyunida Londondagi s`yomka jarayonida og`ir gidravlik kosmik kemaning dekorasiyasi Xarrison Fordning ustiga tushib, uning oyog`ini sindirgan. Aktyorning olgan tan jarohati tufayli film s`yomkasi bir necha oy orqaga surilgan.
“Qonun bo`yicha ish beruvchi ishchining ish joyida xavfsizligini ta`minlash uchun barcha chora-tadbirlarni ko`rishi lozim. Bu fabrika sexida ishlayotgan ishchiga ham, s`yomka maydonchasida rol o`ynayotgan aktyorga ham birdek tegishli.
Surishtiruv ishlaridan keyin qo`limizda to`plangan ma`lumotlar bilan sudga murojaat qilishni lozim topdik”, — dedi inspeksiya vakili. Sud 2016 yilning 12 mayida bo`lib o`tadi.





