34 yoshli futbolchi Andrey Arshavinning hayotida ketma-ket ko`ngilsiz hodisalar yuz bera boshladi. “Arsenal”, “Zenit” kabi futbol klubilari hujumchi bilan shartnomani bekor qilgandan so`ng, u “Kuban” jamoasida to`p sura boshlagan edi. Ammo bu jamoa arsmiylari ham futbolchi bilan tuzilgan shartnoma muddatini uzaytirishni istamadi. Natijada Arshavin ishsiz qoldi. U sobiq rafiqasi va bolalariga to`lashi kerak bo`lgan 20 million rublni to`lay olmayapti. Endi esa sobiq chempionni uning sevgilisi Alisa Kazmina ham tashlab ketdi. Aynan mana shu qizni deb, Andrey to`rt yil avval uchinchi farzandiga homilador xotini va farzandlarini tashlab ketgan edi.

Alisa futbolchini uning cheksiz xiyonatlariga ortiq ko`z yuma olmagani uchun tashlab ketganini ro`kach qildi. Futbolchining buvisi Alisa va Andrey o`rtasidagi munosabatlarning darz ketishiga yagona sabab uning badhulqligi bo`lmaganini aytdi.
“Agar Andreyning puli bo`lmaganida Alisa unga qayrilib ham qaramagan bo`lardi. Andreyning sobiq xotini Yuliya esa Adrey hali hech kim bo`lmagan paytda ham uning yonida edi. Bu uning sevgisidan dalolat emasmi? Alisa hozir qaerda? Menimcha, u Andreydan zerikdi”, — deydi futbolchining buvisi.
U shuningdek, Arshavin xotini va farzandlarining yoniga qaytmoqchi ekanligini, ammo birinchi qadamni qanday tashlashni bilmayotganini aytdi. Arshavin 2 yildan beri xotini va bolalari bilan gaplashmaydi.
Manba: elle.ru





