AsosiyShou-biznes

Madonnaning sobiq sevgilisi selfiga tushgani uchun jarimaga tortildi

Parij tumanlaridan birining sudi Amerikalik pop-qo`shiqchi Madonnaning sobiq sevgilisi, raqqos  Braxim Zaibat (Brahim Zaibat) ni fransuz “milliy fronti” asoschisi Jan-Mari Li Penning uyquga ketganidan foydalanib, selfiga tushgani uchun jarimaga tortdi,deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Sud yigitdan haqoratli suratni olib tashlashni va bir evro miqdorida jarima to`lashni so`radi. 87 yoshli Le Pen 29 yoshli Zaibatni uning shaxsiy hayotga so`roqsiz bostirib kirganlikda va mualliflik huquqini poymol qilganlikda ayblab, 50 ming evro miqdorida pul to`lashni talab qildi. Sud uning talabini qisman qondirib, suratni hazil xarakterga ega,  hech qanday haqorat yo`q deb topdi. Jarima miqdori ham atigi bir evroni tashkil qildi. Sud Zaibatga mabodo suratni 48 soat davomida olib tashlamaydigan bo`lsa, jarima miqdori ham ming evroga oshishini, Le Penga ham huquqiy xizmatlar uchun uch ming evro to`lashga majbur bo`lishini tushuntirdi.  

 

Raqqosning advokati sudning qaroridan noroziligini bildirdi. Janjalga sabab bo`lgan bu surat o`tgan yilning 12 dekabrida Twitter`ga qo`yilgan. U Parij-Nissa yo`nalishida uchayotgan samolyotda, mashhur siyosatchi og`zini ochib, uxlayotganda olingan bo`lib, tagiga “Jonajon Fransiyamizni saqlab qolish uchun ularni ertaga saylovga borishga majbur qiling!” deb yozilgan edi.

 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar