AsosiyDunyo

Venesuelada Favqulodda holat e`lon qilindi

Venesuela Parlamenti mamlakatda oziq-ovqat etishmgani sababli favqulodda holat e`lon qildi. Oppozisiya tomonidan bo`lgan deputatlarning fikricha, asosiy mahsulotlar bo`yicha tanqislik 87 foizga etadi.

Oziq-ovqat inqirozi sababli Venesuela iqtisodiyotida ahvol tang, bugungi kunda oziq-ovqat ishlab chiqarmayotgan milliy korxonalar soni 300 taga etdi, deya xabar beradi RIA Novosti. Deputatlar BMTning oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkilotlari va YuNISEFga 30 million aholi yashayotgan mamlakatdagi vaziyatni o`rganib ketish uchun ekspert yuborishlarini so`rab murojaat qildi.

Venesueladagi vaziyat neft bahosi tushgani hamda qonunchiqaruvchi va ijro etuvchi hukumat orasida institusion inqiroz yuzaga kelgan bilan bog`liq.

 

    Boshqa yangiliklar