AQSh prezidenti Barak Obama unga selfiga tushish yoqmasligini aytdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Obamaning ta`kidlashicha, selfi boshqa insoniyatga xos aloqa vositalarining, xususan qo`l berib ko`rishishning ham o`rnini bosib ketmoqda.
Davlat rahbari mazkur fikrlarni 10 fevral kuni Illinoys shtatidagi “Xuglend” san`at markazida qilgan chiqishi davomida aytdi.
“Men ilk saylovoldi poygasiga kirishgan paytimda ham smartfonlar bo`lganida, balki prezident bo`lish qarorini qabul qilishga ikkilanardim. Sababi hozir odamlarning telefonlari bor va ularning bir-biriga muhtojligi qolmagan, — dedi Obama.
So`ng u selfi olish sahnasini odamlarning ko`z o`ngida gavdalantirdi va xayoliy suhbatdoshiga qarata: “Hoy, umuman olganda, men shundoqqina yonginangda turibman”, dedi.
“Shuning uchun, biz bugun selfiga tushmaymiz. Ammo istaganingizcha bir-birimiz bilan qo`l berib ko`rishamiz”, — dedi prezident yig`ilganlarga qarata.
Ma`lumot uchun, Barak Obama o`tgan oyda Vashington shahrida Kongresga murojaati paytida o`zi bilan selfi tushmoqchi bo`lgan kishiga rad javobini bergan edi.





