AsosiyJamiyat

Toshkentda Android kuni nishonlanadi

Toshkent Politexnika muzeyida 24 fevral kuni soat 15.00 da “Insonga o`xshash ilk robot – android kuni” tadbiri o`tkaziladi. Bu haqda “Uz24.uz” xabar bermoqda.

Unda turli robotlar namoyishi, qiziqarli shou, “Robotlar yulduzli jangi” tomoshalarini o`tkazish ko`zda tutilgan. Shu bilan birga bolalar o`rtasida robot-legoni yig`ish bo`yicha musobaqa uyushtirish ham rejalashtirilgan. “Muzeyning ‘Feysbuk”dagi rasmiy sahifasida bu musobaqalarda qatnashish uchun joylar cheklanganligi uchun 17 fevralga qadar murojaat etish lozimligi haqida xabar berilgan”,-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar