AsosiySUG'DIYONA

Rossiyalik ayol yuzni tortish bo`yicha plastik jarrohlikdan so`ng vafot etdi

Rossiyaning Rostov- na- Donu shahri klinikalaridan birida yuzni tortib, yoshartirish bo`yicha o`tkazilgan jarrohlik amaliyotini boshidan o`tkazgan ayol vafot etdi. Bu haqda “Lenta.ru”  xabar bermoqda.

Tergov ma`lumotlariga ko`ra, 1961 yilda tug`ilgan bu ayol 22 yanvar kuni shahardagi plastik jarrohlik klinikalaridan biriga yuzni yoshartirish bo`yicha muolaja o`tkazishni xohlab, murojaat qilgan. Jarrohlikdan ikki kun o`tgach, u shifoxonada vafot etgan. Hozircha o`lim sababi aniqlanmagan. Holat bo`yicha Rossiya Federasiyasi JKning 238-moddasi 2-bandi (xavfsizlik talablariga javob bermaslik oqibatida inson o`limiga sabab bo`lish)  bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

“Komsomolskaya pravda” gazetasining bergan ma`lumotiga ko`ra , ayol 12 yildan beri Italiyada yashagan. Yanvarda qarindosh-urug`larini ko`rish va plastik jarrohlik amaliyotini o`tkazish uchun Rossiyaga qaytgan. U murojaat qilgan klinika uch yildan beri faoliyat yuritib, boshqa klinikalardan narxning arzonligi bilan farq qilgan.

Joriy yilning yanvar oyida ryazanlik ayol ham plastik jarrohlik vaqtida dori preparatlariga allergik reaksiyasi borligi tufayli anafilaktik shokdan vafot etgan edi.

    Boshqa yangiliklar