Ma`lumki, Leonardo Di Kaprio shaxsiy hayotiga oid dallillarni, suratlarni omma e`tiboriga havola etishni yoqtirmaydi. Shuning uchun muxlislar uning bolaligidagi voqealardan mutlaqo bexabar, deb yozadi “7days.ru”.
Yaqinda internet sahifalarida Leonardo Di Kaprioning ijodini hurmat qiluvchi muxlislar yosh Leoning ota-onasi bilan birga tushgan suratini ko`rish baxtiga muyassar bo`ldilar va uni qizg`in muhokama qildilar. 41 yoshli aktyor oilaning yagona farzandi. Uning otasi Jorj Di Kaprio va onasi Irmelin Indenbirken o`z davrining eng zamonaviy “xippi” laridan bo`lgan. Surat aynan shu harakat avj olgan paytlarda tushirilgan. Bu oilaviy surat ko`pchilikni hayratga soldi.

Aktyorning onasi Irmelin uzoq yillar sud kotibasi bo`lib xizmat qilgan. U o`g`li bilan tez-tez “qizil yo`lakcha”da ko`zga tashlanadi. Aktyorning onasi mashhur kishilar ishtirokida o`tkaziladigan tadbirlarda nozik didi bilan hammani qoyil qoldirgan. Kundalik hayotda ham tashqi qiyofasiga juda katta e`tibor beradi. Leoga yoqadigan ayollarning birortasi uning “kasting”idan o`ta olmagan. Muxlislar uning ko`rimsiz qiyofadagi suratini ko`rib, hayron bo`lishdi.
Ayni shu kunlarda namoyish etilgan “Omon qolgan” filmidagi roli uchun AQSh kinoaktyorlari Gildiyasi tomonidan berilgan mukofotni qo`lga kiritgan Leonardo Di Kaprio, barcha erishgan yutuqlari uchun ota-onasidan minnatdor bo`lib, shunday dedi: “Men bu g`alabamni ota-onamga bag`ishlayman. 13 yoshli menday bezori bolakayning gaplariga quloq solib, aktyorlik mahorati kurslariga yuborganliklari uchun ulardan bir umr minnatdorman! Ularning sharofati bilan men bugun shunday mashhurlikka erishdim. Bu mukofot ularning mehnatlari uchun berilgan mukofotdir!”.





