AsosiyDunyo

Xitoyda o`lik chaqaloq kremasiya oldidan o`ziga keldi

Xitoyda yangi tug`ilgan chaqaloqning o`limi shifokorlar tomonidan qayd etilib, kremasiya qilishdan bir necha daqiqa oldin o`lik chaqaloq o`ziga keldi, deya xabar beradi “Lenta.ru”

Bu o`g`il bola chaqaloq 8 yanvar kuni muddatidan ikki oy oldin Chjesyan viloyatida dunyoga kelgan. Shifokorlar uni maxsus inkubatorga joylashtirishgan, chaqaloq bu erda 23 kun yashagan. Shifokorlarning taqiqlashiga qaramay, chaqaloqning ota-onasi 8 fevral kuni o`tkaziladigan Yangi yil bayramini birgalikda nishonlash uchun bolani uyga olib ketishadi. Oradan ikki kun o`tgach, chaqaloq kasal bo`lib qolganligi tufayli, uni tibbiyot markaziga qaytarib olib kelishadi. 4 fevral kuni shifokorlar chaqaloqning o`limini rasman qayd etib, uni 12 daraja sovuq bo`lgan o`likxonaga joylashtirishgan. Chaqaloq bu erda 23 soat yotgan. Ertasi kuni uni muz kamerasidan olib, kremasiya qilishmoqchi bo`lganda, chaqaloqqa jon kirib, yig`lab yuborgan. Kasalxona xodimlari zudlik bilan bolaning ota-onasiga xabar berishgan. Shundan keyin uni intensiv terapiya bo`limiga yotqizishgan.

Chaqaloqning o`limini rasman tasdiqlagan Doktor Chen “Men haliyam bu mo``jiza qanday ro`y berganiga ishonmayapman”, dedi hayratlanib.

Kasalxona bosh shifokori bundan buyon o`limni qayd etayotgan kasalxona shifokorlari bemor haqiqatan ham o`lganligini takroran tekshirishi lozimligini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar