AsosiyDunyo

Rossiya samolyoti Dominikan Respublikasida avariyaviy qo`nishni amalga oshirdi

Dominikan Respublikasidan Rossiya poytaxti Moskvaga uchayotgan “Boing-777” samolyoti avariyaviy qo`nishni amalga oshirdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda. 

Ma`lumotlarga ko`ra, havo layneri texnik nosozlik sabab Punta-Kana aeroportiga qaytib qo`ndirilgan. Guvohlarning aytishicha, samolyot dvigatellaridan biri yonib ketgan. 

“Boing-777” Punta-Kanadan Moskva vaqti bilan 03:30 da havoga ko`tarilgan. Layner 5 kilometrcha balandlikka ko`tarilgach, uning bir dvigaetli yona boshlagan.

“Havo layneri komandiri bortdagi texnik nosozlik haqida  xabar berdi va aeroportga qaytib, avariyaviy qo`nishga ruxsat so`radi”, — deyiladi xabarda. 

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, samolyot yo`lovchilari evakuasiya qilingan, jabrlanganlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar