Tayvanda yuz bergan zilzila qurbonlari soni 55 nafarga etdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Bundan tashqari, 80 kishining taqdiri noma`lumligicha qolmoqda.
53 kishining tanasi Taynan shahridagi 17 qavatli bino xarobalari tagidan topilgan. Ayni paytda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
17 qavatli binoni qurgan tashkilot Golden Dragon Building kompaniyasi vakillari ehtiyotsizlik oqibatida insonlar o`limiga sababchi bo`lgani uchun hibsga olingan.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 17 qavatli bino sifatsiz xomashyodan barpo etilgani uchun buzilib ketgan.
Eslatib o`tamiz, 6 fevral kuni Tayvanda 6,4 magnitudali zilzila qayd etilgan edi.





