AsosiyJamiyat

FVV haydovchilarni Qamchiq dovonidagi noqulay ob-havo sharoitidan ogohlantirdi

9-11 fevral kunlari Qamchiq dovonida ob-havoning keskin o`zgarishi kutilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda. 

"9 - 11 fevral kunlari Qamchiq dovonida A-373 avtomobil yo`lida qor, 50 - 100 metr uzoqlikda ko`rinish darajasining yomonlashishi, shamol tezligining soniyasiga 20 - 25 metrgacha kuchayishi kutilmoqda", - deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabarida.

Ma`lumot uchun, Qamchiq dovonidan bir kunda 15-20 mingta avtomobil o`tadi.

    Boshqa yangiliklar