AsosiyJamiyat

Abdulaziz Komilov ShHTning aksilterror tuzilmasi rahbari bilan uchrashdi

2016 yilning 9 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) Ijroiya qo`mitasi direktori Evgeniy Sisoevni qabul qildi.

Muloqot chog`ida Vazir E.Sisoevni tashkilotga a`zo davlatlar rahbarlari Kengashi qaroriga binoan uch yil muddatga qo`mita direktori lavozimiga kirishganligi bilan tabrikladi hamda terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashda ShHTga a`zo davlatlar hamkorligini ta`minlovchi asosiy organ – MATT faoliyatiga O`zbekiston muhim ahamiyat qaratishini ta`kidladi.
Suhbat davomida ShHTga a`zo davlatlar rahbarlarining Toshkent sammitiga tayyorgarlik ko`rish yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, MATT Ijroiya qo`mitasining 2016 yilda va istiqboldagi faoliyatining ustuvor yo`nalishlari muhokama qilindi.

 

    Boshqa yangiliklar