AsosiyJamiyat

10 fevral kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 10 fevral kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-3, kunduzi 0-2 daraja sovuq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi.  

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir va qor yog`adi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 8-13, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo`ladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar