Hammamiz bu muhabbat qo`shig`i mangu davom etadi, deb o`ylagandik, ming afsuski, dunyoda abadiy narsaning o`zi yo`q ekan. Biz uchun yulduzli juftliklar mutlaq barqaror oila namunalari hisoblangan. Ularning ajrashayotganligi to`g`risidagi xabar, kutilmagan yangilik bo`ldi.
Viktoriya va Devid Bekxemlar

4 farzandning ota-onasi bo`lmish bu juftlik 17 yillik nikohni rasman bekor qilgandan keyin milliard dollarlik daromadni ham bo`lishishlariga to`g`ri keladi. Britaniya matbuotining bergan xabariga ko`ra, juftlik hozir alohida — Viktoriya Londonda, Devid esa AQShda istiqomat qilmoqda. Viktoriya erining xiyonatlarini bilsa-da, bu haqda biror marta tish yorib, uning nomiga dog` tushirmadi. Aksincha, uning familiyasi bilan bog`liq barcha narsalarni brendga aylantirdi, qiyinchiliklarga dosh berdi va erini dunyoning eng mashhur erkagiga, eng badavlat odamiga aylantirdi. Ammo sabrning ham chegarasi bor, Devid “ishqiy sarguzashtlar”ini to`xtatmagach, Viktoriya ortiq bunday yashashdan ma`ni yo`q deb hisobladi. Hozirda ularning advokatlari barcha zarur hujjatlarni tayyorlamoqda.
Anjelina Joli va Bred Pitt

Amerikaning eng chiroyli juftligi orasidagi muhabbat tarixi bundan 10 yil ilgari juda katta shov-shuvga sabab bo`lgandi. Ammo hammasi boshlanganday ijobiy yakun topmadi. Ular 2006 yilda “Janob Smit va Smit xonim” filmi s`yomkasi jarayonlarida tanishgan. Bu tanishuv Bred Pittning xotini Jennifer Enistondan ajrashishiga sabab bo`ldi. Anjelina Joli va Bred Pitt uch farzand ko`rishganiga qaramay, yana uch etim bolani boqib olishdi. Butun dunyo bu oilada hukm surayotgan tinch-totuvlikka, mehr-muhabbatga havas qildi. Oilada rahnamolikni Anjelina qo`lga olgach, Bred o`zini noqulay his qila boshladi. Avvaliga Jolining eriga xiyonati haqidagi mish-mishlar bolalagan bo`lsa, endi aybni Bredning bo`yniga qo`yishdi. O`tgan yilgi kinoaktyorlar Gildiyasi tantanalarida Bred Pitt yosh nomzod Lyupito Niongodan bir qadam uzoqlashmadi. Qizning g`alabasini birgalikda nishonlashgandan keyin esa Joli ularning o`rtasida muhabbat paydo bo`lganiga ishondi. Bu tantanani Anjelina Joli qahr-g`azab bilan tark etdi. Aytishlaricha, Anjelina nikohni saqlab qolish uchun, Bred esa yaqin kunlarda nikohni bekor qilish niyatida harakat qilmoqda.
Ulyana Sergeenko va Daniil Xachaturov

Forbes jurnali ro`yxatida etakchilik qiluvchi dunyoning eng badavlat insonlaridan biri hisoblangan, 1,6 milliard dollarlik mablag` egasi, rossiyalik Daniil Xachaturovning ikkinchi xotini Ulyana Sergeenko bundan bir necha yillar ilgari erining pullari yordamida dunyo podiumlarini egallagan edi. Aytishlaricha, Daniil xotinining biznesiga hatto afsonaviy feshn-imperiyalarning tushiga ham kirmagan mablag` ajratgan. Ammo birdan “Rosgosstrax” prezidenti Daniil Xachaturov Ulyananing brendini ta`minlashdan to`xtab, ajrashishga va qiziga 100.000 rubl aliment to`lashga qaror qildi. Daniil Xachaturov endilikda yangi mahbubasi — rejissyor Anna Melikyanning kinoloyihalarni qo`llab-quvvatlash bilan ovora. Eslatib o`tamiz, biznesmen 2007 yilda birinchi xotinidan ajrashganda ham unga salmoqli mablag` qoldirgan edi.
Valeriya Gay Germanika va Vadim Lyubushkin

Bu sevgi tarixi haqiqiy trillerga aylandi! Hammasi “Yulduzlar bilan raqs” shousidan keyin boshlandi. Rejissyor Valeriya — shouga taklif etilgan yulduz, Vadim esa professional raqqos edi. Barcha loyihalarda bo`lgani kabi juftlik orasida muhabbat paydo bo`lib, bir necha oylik tanishuv to`y bilan yakunlandi. Bu nikoh bor-yo`g`i 6 oy umr ko`rdi. Valeriya Vadimni hali oilani, ro`zg`orni boshqarishga tayyor emaslikda aybladi. Keyinchalik buning boshqa sabablari ham aniqlandi. Vadimning Amerikada qonuniy xotini borligi, ular rasman ajrashmaganligi ma`lum bo`ldi. Ajrim jarayonidagi moliyaviy masalalarni, uy-joy muammosini homilador Gay Germanikaning o`zi hal qiladigan bo`ldi. Bir so`z bilan aytganda, “finita lya komediya”
Manba:ELLE.RU





