Piyodalar o`tish joyining nur qaytargichli ko`rinishi qorong`ulikda ham piyodalar xavfsizligini ta`minlaydi.
Facebook ijtimoiy tarmog`ining “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolaridan biri Andijon shahrida faoliyati yo`lgan qo`yilgan yangi turdagi piyodalar o`tish joyining suratini ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bilan bo`lishdi.

Suratda piyodalar o`tish joyining sariq rangda ekanligi va u nur qaytarish xususiyatiga ega ekanligini ko`rish mumkin.
Izohlarda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining aksariyati piyodalar o`tish joyining yangicha ko`rinishiga ijobiy baho bergan.
“Bu ishni avvalroq qilish kerak edi”, —deyiladi izohlardan birida.





