Facebook ijtimoiy tarmog`idagi “Voditeli Tashkenta” guruhiga Toshkent shahri Chorsu bozoriga yaqin hududda sodir bo`lgan YTH haqida fotoxabar qoldirildi.

Yo`l-transport hodisasi ikki avtomobil: oq rangdagi Nexia va Lacetti ishtirokida sodir bo`lgan. Guruh a`zolarining taxmin qilishicha, “Lasetti” haydovchisi yo`lning birinchi bo`lagidan qayrilmoqchi bo`lgan va shu paytda Nexia kelib uni urib yuborgan. YTH oqibatida “Lasetti”ning ag`darilib ketganini ko`rish mumkin.
“Voditeli Tashkenta” guruhida YTH oqibatida jabrlanganlar haqida ma`lumot keltirilmagan.





