Amerikalik bir qator sarmoyadorlar “Everton” klubini sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.
AQSh sarmoyadorlik konsorsiumi yil oxiriga qadar barcha rasmiyatchiliklarni bajarib bo`lgach, bu haqida rasman ma`lumot beradi. “Everton”ning qiymati 200 million funtga baholanmoqda.
AQShliklar jamoani sotib olsa, uni kuchli klubga aylantirish va stadioni “Gudiston Park”ni qaytadan ta`mirdan chiqarishni rejalashtirmoqda.





