Yanvar oyi davomida GM Uzbekistan’ning Rossiya bozoridagi ulushi o`tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 foizdan 1,6 foizgacha qisqardi. Bu xaqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Yanvar oyida Rossiyada GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilgan 1269 ta avtomobil sotildi. Bu o`tgan yil yanvaridagi ko`rsatkichdan 37 foizga kam.
Gentra modeli oyning eng ko`p sotilgan 25 ta avtomobili ro`yxatiga kirdi (23-o`rin). Joriy yilning yanvar oyida Rossiya avtobozorida 957 ta Gentra avtomobili sotildi, o`tgan yilning shu davrida bu ko`rsatkich 967 tani tashkil etgandi.
Bir oy ichida Rossiyada jami 81 849 ta yangi engil va engil tijorat mashinalari sotilgan.





