“Barselona” hujumchisi Lionel Messi bugun operasiya qilinadi.
Gap shundaki, Leoning buyragida tosh borligi aniqlangan. Shu boisdan operasiya qilinadi. Argentinalik futbolchi dekabrdan beri buyragidagi og`riqlar bilan yurgan.
Shu boisdan Leo Messi “Valensiya”ga qarshi Ispaniya Kubogi yarim final javob uchrashuvini o`tkazib yuboradi.





