“Manchester Siti” jamoasi hozirdanoq tarkibga kimlarni olib kelishni rejalashtirib, kerakli o`yinchilar bo`yicha takliflar bilan chiqmoqda.
Yozda jamoaga Xosep Gvardiola ish boshlaydigan bo`lsa, darhol bir qator tajribali o`yinchilarni taklif qiladi. Xususan “Bavariya”dan Tomas Myullerni sotib olishmoqchi.
Xabarlarga ko`ra, Myuller transferi uchun ingliz jamoasi 100 million evro sarflashga tayyor. Shuningdek, unga yiliga 15 million evro miqdorida maosh bermoqchi.





