Bugun Osiyo Chempionlar ligasining pley-offida kurashadigan “Bunyodkor” - “Al-Shabab” uchrashuvi oldidan rasmiy shaxslar ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi.
“Bunyodkor” klubi rasmiy sayti bergan xabarda, yig`ilishda bir qator tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, jamoalarning ertangi uchrashuvda qanday rangli liboslarda harakat qilishi ham aniqlandi.
Unga ko`ra, “Bunyodkor” oq, “Al-Shabab” yashil libosda to`p tepadigan bo`ldi. Hakamlar guruhi esa sariq kiyimlarda bo`ladi.





