AsosiyJamiyat

Toshkent shahridagi universitetlardan biriga yangi rektor tayinlandi

Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga yangi rektor tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz”  xabar bermoqda.   

Bu lavozimga O`tkir Hamdamov loyiq ko`rildi. Shu paytgacha O`tkir Hamdamov TATUning «Telekommunikasiya texnologiyalari» fakulteti dekani bo`lib ishlagan. Universitetga bungacha Hakim Muhiddinov rektorlik qilib kelayotgan edi.

TATU rasmiy satyidagi ma`lumotlarga ko`ra, universitet va uning hududiy filiallarida 13 ta fakultet va 62 ta kafedra faoliyat yuritmoqda. Universitetda ta`limning 23 ta yo`nalishi bo`yicha kadrlar etishtirilmoqda.

Hozirda universitetda 10 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. Talabalarga 780 nafardan ortiq professor va o`qituvchilar dars beradi.

    Boshqa yangiliklar