AsosiyJamiyat

Sinoptiklar O`zbekistonda qachon qor yog`ishini ma`lum qildi

O`zgidromet O`zbekistonda yaqin kunlar ichida kutilayotgan ob-havo haqida ma`lumot berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, 9-10 fevralda Respublika hududida qor yog`ishi kutilmoqda. 9 fevral kuni kechasi va kunduzi ob-havo harorati 3-5 daraja iliq bo`ladi.

10 fevral kuni esa kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo`lishi kutilmoqda.

Respublika hududidagi eng sovuq ob-havo sharoiti Navoiy viloyatida kuzatiladi. Bu erda 10-11 fevral kunlari yog`ingarchilik bo`lishi kuttilmoqda.

Respublikaning tog`li hududlarida 10-11 fevral kunlari yog`ingarchilik bo`ladi. Havo harorati kechasi 8-3 daraja, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar