AsosiyJamiyat

“Xalqaro pochtamt”da xalqaro va ichki pochta jo`natmalarini yuborish bir muddatga to`xtatildi

“O`zbekiston pochtasi” AJ “Xalqaro pochtamt”dagi texnik nosozlik tufayli xalqaro va ichki pochta jo`natmalari yuborish bir muddatga to`xtatilgani haqida xabar berdi.

Bugungi kunda “Xalqaro pochtamt” filialida nosozlikni bartaraf etish uchun barcha zaruriy chora-tadbirlar ko`rilmoqda. Xalqaro pochta va EMS jo`natmalarini yuborish uchun Toshkent shahridagi markaziy pochtamt binosida joylashgan “Toshkent pochtamti” filialining amaliyot xizmatlari zaliga murojaat qilish mumkin.

Pochta jo`natma manzilini aniqlash uchun esa 233-62-34 telefon raqamiga har kuni soat 9-00 dan 18-00 gacha bo`lgan vaqtda qo`ng`iroq qilish mumkin.

Eslatib o`tamiz, 4 fevral kuni “O`zbekiston pochtasi” AJga qarashli “Xalqaro pochtamt” filialida kuchli yong`in sodir bo`lib, 900 kv.m. hudud yonib ketgan.

    Boshqa yangiliklar