AsosiyJamiyat

Chimyon MDHdagi eng arzon tog`-chang`i kurortlari ichida 6-o`rinni egalladi

O`zbekiston MDH va yaqin xorijdagi eng arzon tog`-chang`i kurortlar o`ntaligida 6-o`rinni egalladi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda.

Reyting «Travel.ru» portali va Forbes jurnali ekspertlari tomonidan tuzildi

Reytingni tuzishda ikki kishi uchun bir kunlik dam olish byudjeti hisobga olindi. Unga 2016 yil yanvarida o`rtamiyona mehmonxonada yashash (mehmonxonalarni bron qilish bo`yicha Oktogo.ru sayti ma`lumotlariga ko`ra), chang`i uchish kunidagi skipass (tog` chang`isi yoki snoubordda ma`lum joylarda pod`yomniklardan foydalanish uchun ruxsat) va kafeda ovqatlanish narxlari kiritildi.

Hisob-kitobga yo`l narxi kiritilmadi, bunda parvoz, poezd yoki benzin narxi qaerga borishga qarab bir necha marta farq qilishi nazarda tutildi.

Sayyohlarga Chimyonda dam olish bir kecha-kunduz uchun 3500 rublga tushishi aniqlandi.

Eng arzon kurortlar o`ntaligiga, shuningdek, Krasnaya sopka (Rossiya, Kamchatka), Qorako`l (Qirg`iziston, Bishkek), Shaxdag (Ozarbayjon, Boku), Bukovol (Ukraina, Karpat tog`lari), Bakuriani (Gruziya), Chimbuloq (Qozog`iston Olmaota) kiritildi.

 

    Boshqa yangiliklar