AsosiyDunyo

Hindistondagi maktablardan biriga qoplon bostirib kirdi

Hindiston janubidagi maktablardan biriga qoplon bostirib kirib, besh kishini jarohatladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Bizga davlat maktablaridan birining o`qituvchilari qo`ng`iroq qildi. Ularning ma`lum qilishicha, qoplon maktab binosi atrofidagi to`siqdan sakrab o`tib, bo`sh sinf xonalaridan biriga kirib olgan. Bu holatni kuzatuv kameralari tasvirga olgan”, — dedi tabiatni muhofaza qilish xizmati xodimlari.

Hodisa 7 fevral, yakshanba kuni maktabda o`quvchilar bo`lmagan paytda yuz bergan. Jarohatlangan besh kishidan bir nafari jiddiy jarohatlar bilan shifoxonaga joylashtirilgan.

Tabiatni muhofaza qilish xizmati xodimlari qoplonga tinchlantiruvchi ukol qilgan va Bannergxata hayvonot bog`iga olib ketgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar