Aktrisa Shahzoda Muhammedovaning dahshatli suratni ko`rib hayron qolgandirsiz?
Havotirga o`rin yo`q, aktrisaning Instagram'dagi sahifasiga joylangan ushbu surat film suratga olish jarayonidan bir lavha xolos.
Premerasi aprel oyining so`nggi kunlariga mo`ljallanayotgan kinorejissyor Azamat Ahrorovning “Notanish qotil” kinokartinasi namoyishidan oldin shov-shuvlarga sabab bo`lmoqda.
Hammaning miyasida bir savol: Filmdagi notanish qotil kim?! U nima sababdan qotillika qo`l uradi? Kimning shirin xayotiga zomin bo`ladi? Shu va shu kabi savollarga echimni premeradan so`ng bilib olamiz.
Mazkur filmda Azamat Ahrorov, Shahzoda Muhammedova, Alixan, A.Alimov kabi aktyorlarning ijrosini ko`rishimiz mumkin.
"Kartinada asr vabosi bo`lmish giyohvandlik muammosi qattiq qoralanadi", - deydi rejissyor.
Yodgorbek YuKSAL





